
Ekran o’lchami:
Shrift o’lchami:
Ish vaqti
08:00-17:00
qoshtepa_akm@natlib.uz
+998911100172


Muallif:
Til:
Yozuv:
Sahifalar soni:
Nashriyot uyi:
Nashr qilingan yil:
Adadi:
Bu foniy dunyoni adolatli deb bo‘lmaydi. Negaki, unda pul, hokimiyat, shon-shuhrat va omad odamlarning barchasiga teng taqsimlangan emas. Nega ayrim odamlarning hamma narsasi bor, boshqalarda esa hech narsa yo‘q? Omadning sabablarini faqat insonning tabiatan in’om etilgan shaxsiy fazilatlari bilan bog‘lash to‘g‘rimi?
Malcolm Gladwell har doim mutlaqo tasodif deb hisoblab kelingan muvaffaqiyatlar ortida yotgan yashirin qonuniyatlarni kashf etgan birinchi insondir. Bu qonuniyatlar nega aksariyat buyuk xokkeychilar faqat yanvarda tug‘ilganligini va hech qachon oktabrda tug‘ilmasligini, nima uchun matematikani osiyolik talabalar boshqalarga qaraganda osonroq o‘zlashtirishini, nega Nyu-Yorkning eng obro‘li advokati bo‘lish uchun albatta yahudiy bo‘lish kerakligini tushuntirib beradi. Bu kitob Bill Geyts, "Bitlz" va Motsart kabi shaxslarni nima bog‘lab turishini hamda ular nega o‘z tengdoshlaridan o‘zib ketganini ko‘rsatadi.
"Zukkolar va landavurlar" — "qanday qilib muvaffaqiyatli inson bo‘lish"ni o‘rgatuvchi qo‘llanma emas. Bu siz o‘zingiz foydalanishingiz mumkin bo‘lgan hayot qonuniyatlari olamiga zavqli bir sayohatdir.