Loading

Yuklanmoqda...

Maxsus imkoniyatlar

Ekran o’lchami:

50 %

Shrift o’lchami:

50 %
Sayt test rejimida ishlamoqda.
https://qoshtepaadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1750750077233-316112259.jpg

Qo'shtepa tumani axborot-kutubxona markazi

https://qoshtepaadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1750750077233-316112259.jpg

Qo'shtepa tumani axborot-kutubxona markazi

Kutubxona
Axborot-xizmat
Kitoblar

Kutubxonamiz haqida

Kutubxonamiz — bilim izlovchilar, o‘quvchilar va tadqiqotchilar uchun zamonaviy va qulay ilmiy makon. Bu yerda siz turli sohalarga oid minglab kitoblar, maqolalar va raqamli resurslar bilan tanishishingiz mumkin.

Asosiy

Kutubxonamiz haqida

Kutubxona haqida

Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazi - bu nafaqat kitoblar to‘plami, balki bilim, ilhom va ijodiy o‘sish uchun muhim maskan hisoblanadi. O‘zbekistonning boy madaniy merosi va zamonaviy bilimlar uyg‘unlashgan ushbu makon barcha yoshdagi kitobxonlarga ochiq.

Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazi binosi 192,52 m.kv bo‘lib, bino tuman hokimligi balansida, axborot-kutubxona faoliyatiga moslashgan.

Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazi 2019-yilda o‘z faoliyatini boshlagan.

Ish vaqti soat 8.00 dan 17.00 gacha belgilangan.

Markazda 4-ta bo‘lim mavjud:


  • Axborot-bibliografiya xizmati;

  • Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati;

  • Axborot-komunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati;

  • Fondlarni to‘ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati bo‘limlari mavjud.

Amalda faoliyat yuritayotgan kadrlar soni 17,5 shtat birligida 18 nafar xodim faoliyat olib bormoqda, shundan 2 nafar boshqa sohada oliy ma’lumotli, 7 nafari o‘rta maxsus kutubxonachi mutaxassislari, 9 nafari boshqa soha mutaxassislari faoliyat yuritmoqda.

Dastlab 35 000 nusxada kitob fondi bo‘lib, xozirgi kunda 46 500 ziyod kitob fondi bilan kitobxonlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Umumiy kitobxonlar soni 11831 nafar boʻlib, 5281 nafar erkaklar, 6550 nafar ayollar, bolalar 3564 nafarni tashkil etadi.

Qoʻshtepa tumani axborot- kutubxona markazining tuman davlat tashkilotlari va mahalla fuqarolar yigʻinlarida tashkil etilgan koʻchma kutubxonalar:

Qoʻshtepa tuman hokimligi

Qoʻshtepa tuman IIB

Qoʻshtepa tuman isteʼmolchilar kutubxonasi

Quvurboshi MFY

Shakar MFY

Sirli orolcha” NMTT

“Yasmina” NMTT

Axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan 9083 nomdagi adabiyotlaridan 2345 nomdagi adabiyotlarni raqamlashtirgan xolda kitobxonlarga taqdim etilmoqda. Bundan tashqari (CD-R-DVD) disklarida 100 dan ortiq elektron adabiyotlar mavjud bo‘lib kitobxonlar foydalanib kelishmoqda.

Kutubxonaning umumiy fondi va yangi adabiyotlar

bilan to‘ldirilishi

Axborot-kutubxona markazining umumiy fondi bugungi kunda 9083 nomda va 46548 nusxani tashkil etadi.

Tillar bo‘yicha:

  • Lotin alifbosida 2290 nomda 6453 nusxada;

  • Kiril alifbosida 4860 nomda 22900 nusxada;

  • Rus tilida 1912 nomda 17166 nusxada;

  • Ingliz tilida 14 nomda 16 nusxada;

  • Qoraqalpoq tilida 7 nomda 13 nusxada.

Sohalar bo‘icha:

  • Ijtimoiy-siyosiy 696 nomda 2485 nusxada;

  • Tabiiy va aniq fanlar 264 nomda 886 nusxada;

  • Amaliy fanlar 600 nomda 1908 nusxada;

  • Adabiyotshunoslik 594 nomda 1723 nusxada;

  • Badiiy adabiyotlar 6048 nomda 37277 nusxada;

  • Boshqa sohalarda 881 nomda 2269 nusxadagi adabiyotlar mavjud.

Axborot-kutubxona markazi kitob fondini boyitish uchun tuman budjetidan 2021-yilda 49 000 000 so‘mlik 1206 nomda 2070 nusxada, 2023-yilda 4 903 680 so‘mlik 60 nomda 122 nusxada, 2024-yilda 29 000 000 so‘mlik 258 nomda, 739 nusxada yangi adabiyotlar sotib olindi.

Joriy 2025-yilda 30 000 000 so‘mlik adabiyotlar sotib olinishi rajalashtirilgan.

Kutubxonaga a'zo bo'lish uchun ro'yxatdan o'ting

Kutubxonamiz a’zosi bo‘lish orqali siz minglab kitoblarga, maqolalarga va elektron resurslarga erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. A’zo bo‘lish jarayoni oddiy va tez: faqatgina ro‘yxatdan o‘ting va bilim olamiga sho‘ng‘ing. Hozirdanoq a’zo bo‘ling va imkoniyatlaringizni kengaytiring!

https://qoshtepaadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1750750077233-316112259.jpg

Qo'shtepa tumani axborot-kutubxona markazi

Kutubxona manzili

Farg'ona viloyati, Qo'shtepa tumani, Qorakaltak MFY, Shaftolibog' ko‘chasi 1-uy.

Ijtimoiy tarmoqlar

Developed by: logo

PremiumSoft

Qo'shtepa tumani axborot-kutubxona markazi