
Ekran o’lchami:
Shrift o’lchami:
Ish vaqti
08:00-17:00
qoshtepa_akm@natlib.uz
+998911100172





. 🎊 Kasaba uyushmasi kuni muborak!

📚 TELEFONINGIZNI BIR CHETGA QO‘YING...Chunki 16-noyabr kuni sizni kitoblar, yangi bilimlar va ajoyib taassurotlarga boy butunlay boshqa dunyo kutmoqda! 6–20-noyabr kunlari INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026 — XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi bo‘lib o‘tadi!

Kitobxon yoshlar kitob ko'rgazmalari bilan yaqindan tanishdilar

O‘zbekiston aholisi 1-oktabr holatiga ko‘ra 38 million 69,1 ming kishini tashkil etdi.

✅ Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga Qo‘shtepa tumanining doimiy aholi soni 215 477 nafar kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 2,4 % ga oshganligini ta’kidlash zarur.

Yangi adabiyotlar to‘plami kutubxonamiz fondiga qo‘shildi!
| Tadbir nomi | Tadbir sanasi | Joyi |
|---|---|---|
#yosh_kitobxon #kitobxonlik #mutolaa | 2026.11.06 - 2026.11.06 | “YOSH KITOBXON” TO‘GARAGIDA NAVBATDAGI MASHG‘ULOT Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazida navbatdagi “Yosh kitobxon” to‘garagi mashg‘uloti buyuk amerikalik yozuvchi Mark Tvenning “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” asari yuzasidan tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida yosh kitobxonlar asarning mazmun-mohiyati, bosh qahramon Tom Soyerning sarguzashtlari, uning xarakteri, do‘stlik, jasorat, rostgo‘ylik va topqirlik kabi fazilatlari haqida fikr almashdilar. Shuningdek, asardagi qiziqarli voqealar tahlil qilinib, ishtirokchilarning taassurotlari tinglandi. O‘zaro savol-javoblar orqali yoshlarning kitobxonlik faolligi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi. Bunday mashg‘ulotlar yosh avlodni mutolaaga oshno etish, badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish hamda ularning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiladi. Kitob o‘qigan yosh — fikri teran, dunyoqarashi keng yosh! |
#Oilamiz_kitobxon #adabiyotlar_targiboti | 2026.11.05 - 2026.11.05 | Oilaviy kitobxonlarni kutubxonaga keng jalb qilish va ularda kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish maqsadida Qo‘shtepa tumani axborot -kutubxona markazida "Oilamiz kitobxon" loyihasi asosida adabiyotlar targ‘iboti olib borildi. Ushbu tadbirda faol kitobxon oila Maʼrupovlar oilasi aʼzolari ishtirok etishdi. |
#jarayon | 2026.10.29 - 2026.10.29 | Joriy yilning 29-31-oktyabr kunlari Marg‘ilon shahridagi "Vodiy gavhari" —""Burhoniddin Marg‘iloniy"ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasida Xalqaro adabiyot va kitobxonlik festivali bo‘lib o‘tmoqda. Festivalda Qo‘shtepa tumani axborot -kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar. |
#jarayon #kitobxonlik_festivali #qiziqarli_viktorina | 2026.10.29 - 2026.10.29 | Xalqaro festival g‘oliblari taqdirlandi |
#Yoshlar_kuni #Giyohvandlik_umr_kushandasi #Manaviy_tadbir | 2026.10.22 - 2026.10.22 | Qo‘shtepa tumani 2-son texnikumi hamkorligida "Yoshlar kuni"munosabati bilan "Giyohvandlik-umr kushandasi" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. |
Tilimiz – milliy oʻzligimiz va maʼnaviy boyligimiz | 2026.10.21 - 2026.10.21 | 2026-yil 21-oktabr kuni Qoʻshtepa tumani Madaniyat markazida 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy va tantanali tadbir tashkil etildi. |
📚 #Kitobxon_onalar_kuni | 2026.10.16 - 2026.10.16 | "Kitobxon onalar kuni" |
#Odil_Yoqubov_100_yilligi #kitob_taqdimoti | 2026.10.15 - 2026.10.15 | "Ulug‘bek xazinasi" kitobi taqdimoti |






Kutubxona har kuni 9:00 dan 18:00 gacha ochiq. Yakshanba va bayram kunlarida yopiq bo'ladi. Tadbirlar yoki maxsus hollarda, kutubxona ishlash vaqti o'zgartirilishi mumkin.
Kutubxonaga a'zo bo‘lish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) talab qilinadi. Agar a'zo bo‘luvchi voyaga yetmagan bo‘lsa, ota-ona yoki vasiy roziligi ham kerak bo‘lishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tishda kutubxona tomonidan beriladigan a'zo anketa shaklini to‘ldirish zarur.
Kutubxonadan kitob olish uchun avvalo a’zo bo‘lishingiz kerak. A’zolikdan so‘ng, kerakli kitobni tanlab, kutubxona xodimiga murojaat qilasiz. Kitob ro‘yxatga olinadi va uni belgilangan muddatga uyga olib ketishingiz mumkin. Belgilangan vaqtda kitobni qaytarish lozim.
Ha, bir nechta kitobni bir vaqtning o‘zida olish mumkin. Biroq, bu kutubxonaning ichki qoidalariga bog‘liq bo‘lib, odatda maksimal ruxsat etilgan kitoblar soni belgilanadi. Aniq ma’lumotni kutubxona xodimidan olishingiz mumkin.
Agar kitob belgilangan muddat ichida, lekin o‘qib bo‘lmasdan qaytarilsa, hech qanday jarima qo‘llanilmaydi. Jarima faqat kitob kechiktirilgan holatda yoki shikastlangan holda qaytarilganda belgilanadi. Agar siz kitobni yana o‘qishni xohlasangiz, uni qayta olib ketish uchun yangidan ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
Agar sizda kutubxona xizmatlari yoki boshqa masalalar bo'yicha savollar bo'lsa, biz bilan bog'lanishdan tortinmang. Biz sizga yordam berishga tayyormiz!
Kutubxona manzili
Farg'ona viloyati, Qo'shtepa tumani, Qorakaltak MFY, Shaftolibog' ko‘chasi 1-uy.