Loading

Yuklanmoqda...

Maxsus imkoniyatlar

Ekran o’lchami:

50 %

Shrift o’lchami:

50 %
Sayt test rejimida ishlamoqda.
https://qoshtepaadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1750750077233-316112259.jpg

Qo'shtepa tumani axborot-kutubxona markazi

https://qoshtepaadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1750750077233-316112259.jpg

Qo'shtepa tumani axborot-kutubxona markazi

Kutubxona
Axborot-xizmat
Kitoblar

Tadbirlar

Kutubxonamizda bo‘lib o‘tayotgan eng so‘nggi yangiliklar, tadbirlar va loyihalar haqida muntazam xabardor bo‘ling. Har bir yangilik – bu ilm, madaniyat va taraqqiyot sari yana bir qadam. Yangiliklarimizni kuzatib boring va faol ishtirok eting!

Asosiy

Tadbirlar

Tadbir nomiTadbir sanasiJoyi
#yosh_kitobxon #kitobxonlik #mutolaa
2026.11.06 - 2026.11.06
“YOSH KITOBXON” TO‘GARAGIDA NAVBATDAGI MASHG‘ULOT Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazida navbatdagi “Yosh kitobxon” to‘garagi mashg‘uloti buyuk amerikalik yozuvchi Mark Tvenning “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” asari yuzasidan tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida yosh kitobxonlar asarning mazmun-mohiyati, bosh qahramon Tom Soyerning sarguzashtlari, uning xarakteri, do‘stlik, jasorat, rostgo‘ylik va topqirlik kabi fazilatlari haqida fikr almashdilar. Shuningdek, asardagi qiziqarli voqealar tahlil qilinib, ishtirokchilarning taassurotlari tinglandi. O‘zaro savol-javoblar orqali yoshlarning kitobxonlik faolligi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi. Bunday mashg‘ulotlar yosh avlodni mutolaaga oshno etish, badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish hamda ularning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiladi. Kitob o‘qigan yosh — fikri teran, dunyoqarashi keng yosh!
#Oilamiz_kitobxon #adabiyotlar_targiboti
2026.11.05 - 2026.11.05
Oilaviy kitobxonlarni kutubxonaga keng jalb qilish va ularda kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish maqsadida Qo‘shtepa tumani axborot -kutubxona markazida "Oilamiz kitobxon" loyihasi asosida adabiyotlar targ‘iboti olib borildi. Ushbu tadbirda faol kitobxon oila Maʼrupovlar oilasi aʼzolari ishtirok etishdi.
#jarayon
2026.10.29 - 2026.10.29
Joriy yilning 29-31-oktyabr kunlari Marg‘ilon shahridagi "Vodiy gavhari" —""Burhoniddin Marg‘iloniy"ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasida Xalqaro adabiyot va kitobxonlik festivali bo‘lib o‘tmoqda. Festivalda Qo‘shtepa tumani axborot -kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.
#jarayon #kitobxonlik_festivali #qiziqarli_viktorina
2026.10.29 - 2026.10.29
Xalqaro festival g‘oliblari taqdirlandi
#Yoshlar_kuni #Giyohvandlik_umr_kushandasi #Manaviy_tadbir
2026.10.22 - 2026.10.22
Qo‘shtepa tumani 2-son texnikumi hamkorligida "Yoshlar kuni"munosabati bilan "Giyohvandlik-umr kushandasi" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tilimiz – milliy oʻzligimiz va maʼnaviy boyligimiz
2026.10.21 - 2026.10.21
2026-yil 21-oktabr kuni Qoʻshtepa tumani Madaniyat markazida 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy va tantanali tadbir tashkil etildi.
📚 #Kitobxon_onalar_kuni
2026.10.16 - 2026.10.16
"Kitobxon onalar kuni"
#Odil_Yoqubov_100_yilligi #kitob_taqdimoti
2026.10.15 - 2026.10.15
"Ulug‘bek xazinasi" kitobi taqdimoti
https://qoshtepaadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1750750077233-316112259.jpg

Qo'shtepa tumani axborot-kutubxona markazi

Kutubxona manzili

Farg'ona viloyati, Qo'shtepa tumani, Qorakaltak MFY, Shaftolibog' ko‘chasi 1-uy.

Ijtimoiy tarmoqlar

Developed by: logo

PremiumSoft

Qo'shtepa tumani axborot-kutubxona markazi